O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 15-iyun kuni kuzatilgan yomg‘irli salqin havo 16-iyun kuni ham saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 16-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +11...+16 daraja, Toshkent shahrida +18...+20 daraja, qolgan hududlarda +18...+23 daraja iliq bo‘ladi.
16-iyun, payshanba kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +17...+22 daraja, Toshkent shahrida +28...+30 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +33...+38 daraja, qolgan hududlarda +28...+33 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda, xususan, Toshkent shahrida qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi esa soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi kuzatiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)