15-iyun, chorshanba kuni Toshkent vaqti bo‘yicha 12:00 atrofida diametri 200 metrdan 600 metrgacha bo‘lgan ulkan 2007 MK6 asteroidi Yer sayyorasidan birmuncha katta masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2007-yilda AQShning Maunt-Lemmon observatoriyasi astronomlari tomonidan kashf etilgan ushbu osmon jismi Yerdan 15,2 million kilometr masofadan uchib o‘tdi. Bu esa u Yer sayyorasi uchun katta xavfga ega bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Bu masofa Yer va Oy o‘rtasidagi masofaning 40 tasiga teng keladi.
Mazkur asteroid kichik osmon jismlarining Apollon oilasiga yoki boshqa yirik obyekt, Yerga yaqin kelayotgan Ikar asteroidi oilasiga kirishi mumkin. Ikar asteroidi 2007 MK6 dan taxminan ikki marta katta, uning vazni esa uch milliard tonnaga yaqinlashadi.
Izoh (0)