AQSh Florida shtati Orlando shahridagi terakt qaysidir xorijiy ekstremistik guruh tomonidan tashkillashtirilgani haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda prezident Barak Obama AQSh Milliy xavfsizlik kengashining terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashga bag‘ishlangan majlisidan so‘ng ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bizda Orlandodagi hujum chet eldagi qandaydir terrorchilik guruhi buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilgani haqida ma’lumot yo‘q”, — dedi Amerika ma’muriyati rahbari.
Biroq, uning ta’kidlashicha, hujum qilgan shaxs — kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan 29 yoshli amerikalik Umar Matin “ekstremistik targ‘ibot ta’siri ostida bo‘lgan” va IShID guruhi terrorchilarining radikal qarashlariga qo‘shilgan.
Orlandodagi “Florida pals” tungi klubiga hujum natijasida 49 kishi o‘ldirildi, 53 kishi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)