NATO Yevropa sharqida rotatsiya asosida yana to‘rtta batalyon joylashtirish masalasini kelishib oldi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Biz Yevropa sharqida qo‘shinlar hozirligini kuchaytirish va rotatsiya asosida Estoniya, Latviya, Litva va Polshada to‘rtta batalyon joylashtirishga qaror qildik”, — deya ta’kidlagan bosh kotib matbuot anjumanida.
Stoltenbergga ko‘ra, bunday choralar alyans xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmaydi.
Izoh (0)