“O‘zbektelekom” AK 14- va 15-iyun kunlarining alohida soatlarida ko‘rsatilayotgan internet xizmatlarining sifati tushishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqdagi ma’lumot Sarkor Telecom internet provayderining rasmiy saytida chop etildi.
“‘O‘zbektelekom’ AK xabariga ko‘ra, Rossiya va Qozog‘iston hududidagi rejadan tashqari ishlar munosabati bilan 14.06.2016 soat 01:00 dan 02:30 gacha, 15.06.2016 soat 03:00 dan 08:00 gacha internet xizmatining sifati yomonlashishi mumkin. ‘O‘zbektelekom’ AK noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)