19-may kuni O‘rtayer dengizida halokatga uchragan EgyptAir aviakompaniyasi samolyotining o‘ziyozarlari 24-iyunga qadar signal tarqatadi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Misr tergovchilarining so‘zlariga qaraganda, Misr tomoni AQShga halokatni o‘rganishda qatnashishga ruxsat bergan.
Eslatib o‘tamiz, Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirayotgan A320 samolyoti Qohira aeroportiga qo‘nishiga taxminan 35 daqiqa qolganda, endigina Misr havo hududiga kirganda radarlar ekranidan yo‘qolgan edi. Keyinroq uning bo‘laklari Gretsiyaning Karpatos orollaridan topildi. Uning bortida 66 kishi, jumladan, 12 ta mamlakatdan 56 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ular orasida 30 nafar misrlik va 15 nafar Fransiya fuqarosi bo‘lgan.
Izoh (0)