Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatining AQSh va Rossiya bilan munosabatlari jiddiy yomonlashganligidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda, Hurriyet Daily News gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Prezident Obama o‘z lavozimini egallaganda birinchi tashrif buyurgan davlati sifatida Turkiyani tanlaganda bizning umidlarimiz katta edi. Biroq kutganlarimiz amalga oshmadi. Masalan, iqtisodiy sohadagi munosabatlarimiz yaxshilanishning o‘rniga susaydi. Tashqi siyosat sohasida ham kutilgan natijalarga erishmadik”, — dedi Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘on, shuningdek, turk harbiylari Rossiya samolyotini urib tushirgandan keyin Rossiya bilan munosabatlari yomonlashganligidan pushaymon ekanligini ma’lum qildi.
“Men eski davrlarga qaytishimiz va munosabatlarimiz yaqin vaqt ichida qayta tiklanib, yanada mustahkam bo‘lishiga umid qilaman”, — dedi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)