Germaniyada yengil samolyot shoshilinch tarzda to‘g‘ri avtomobil yo‘liga qo‘ndi, deya xabar bermoqda “TASS”. Jabrlanganlar yo‘q.
Hodisa Xersebrok-Klarxols kommunasi yaqinidagi trassada sodir bo‘ldi. Samolyot Aylertxen qishlog‘idan Quyi Saksoniyadagi Nordxorn shahriga uchayotgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 66 yoshli uchuvchi dvigateldagi nosozlik tufayli samolyotni qo‘ndirishga qaror qilgan. Qo‘nish chog‘ida u yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga qanoti bilan sal tegib ketgan. Hodisani tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)