FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter biror-bir musobaqaga qur’a tashlash marosimini sun’iylashtirish mumkinligini qayd etib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” La Nación nashriga asoslanib xabar tarqatdi.
“Millionlab odamlar kuzatib boradigan qur’a marosimlarini sun’iylashtirish mumkinmi? Ha! Men buni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman, u yolg‘onga o‘xshardi” — deb ta’kidlab o‘tgan Yozef Blatter.
“Men bunda Yevrokuboklar oldidan tashlangan qur’alardan birini nazarda tutyapman. O‘shanda Italiya klublaridan biri qaysi raqibga tushishi oldindan hal etilgandi. Sharlarni qizdirib yoki aksincha, muzlatib qo‘yish mumkin. O‘zim bunga guvoh bo‘lganman”, — deb FIFA sobiq prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Zepp Blatter o‘zi bunday o‘yinlarda ishtirok etmagani uchun ham vijdoni pok ekanini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)