Yevro—2016 “C” guruhining ikkinchi uchrashuvida Germaniya terma jamoasi Ukrainani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindagi birinchi gol 19-daqiqaga kelib Shkodran Mustafi tomonidan kiritildi. Ikkinchi muvaffaqiyatli zarba “Manchester Yunayted” klubi a’zosi Bastian Shvaynshtaygerga tegishli bo‘ldi. 90-daqiqada maydonga tushgan yarim himoyachi, oradan uch daqiqa o‘tib Mesut O‘zilning pasini golga aylantirdi.
Germaniya terma jamoasi “Daryo” so‘rovnomasiga ko‘ra Yevro—2016 ning asosiy favoriti ekani oydinlashgandi. Turnirdagi ilk o‘yinda Ioxim Lyov shogirdlari bu yo‘lda birinchi qadamni tashladi.
“Daryo” matnli onlayni uchun tanlab olingan fikrlarda ko‘rindiki, Germaniya — Ukraina o‘yini Yevro start olgan kundan boshlab eng tomoshabopi bo‘lgan. Muxlislar har ikki terma jamoa ochiq va hujumkor futbol namoyish qilgani haqida ijobiy fikrlar bildirdi.
Qayd etish kerak, “C” guruhining birinchi o‘yinida Polsha terma jamoasi Shimoliy Irlandiya ustidan 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Germaniya terma jamoasi Yevro start olganidan buyon 2 ta gol farqi bilan zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi.
Mazkur zonadagi 2-tur bellashuvlari 16-iyun kuni bo‘lib unda. Unda Polsha Germaniyaga qarshi saf tortsa, Ukraina va Shimoliy Irlandiya termalari o‘zaro hisob-kitob qiladi.
[wpse_match id="351132" show_title=1]
Izoh (0)