Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi sardori Dario Srnaning otasi Uzeir Srna Turkiyaga qarshi Yevropa chempionati uchrashuvi vaqtida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
101 Great Goals nashrining ma’lum qilishicha, Darioning otasi og‘ir xastalikka chalingan edi. “D” guruhi 1-turida Xorvatiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng jamoa sardori otasining vafot etgani haqida xabar topdi va dafn marosimini o‘tkazish uchun terma jamoa qarorgohini darhol tark etdi.
Srnaning Chexiya termasiga qarshi 2-tur uchrashuvida maydonga tushish-tushmasligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)