Yaponiyaning Gifu prefekturasidagi Kiso daryosida gidrotsikl qayiq bilan to‘qnashib ketdi. Qayiqda besh kishi, shu jumladan, to‘rt yosh bola bor edi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayiqda bo‘lganlarning bari shifoxonaga yotqizildi. Bolalardan biri klinik o‘lim holatida ekanligi aytilmoqda.
Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)