Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida avtobusning jarga qulab ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 12 kishi og‘ir shikastlanish oldi. Bu haqda, shtat politsiyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga ko‘ra, avariya 11-iyun, shanba kuni tushdan keyin shtat markazi Simladan 80 kilometr masofada joylashgan Darlagxat qishlog‘i yaqinidagi trassaning murakkab qismida yuz bergan.
Avariyaga ko‘chki oqibatida yo‘l yoqasining o‘pirilishi sabab bo‘lgan. Haydovchi buni payqamagan.
50 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus 50 metrdan ortiq balandlikdan qulab tushganidan so‘ng dastlab yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hududga mahalliy aholi yetib kelgan. Keyin qutqaruv ishlariga politsiya ham qo‘shilgan. Voqea joyida besh kishi halok bo‘lgan, 12 nafari jiddiy shikast yegan. Qolganlar yengil lat yegan yoki tirnalishlar bilan qutulgan.
Izoh (0)