Sudan sharqida ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus avtosisterna bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 32 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jabrlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avariya Xartum va Port-Sudan shaharlari o‘rtasidagi trassada yuz berdi. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yo‘l-transport hodisasi yo‘l yaxshi ko‘rinmaganligi tufayli sodir bo‘lgan.
Avtobus yo‘lovchilari kichik hajni amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)