Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini zamonasining eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini tan oldi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Oxirgi 20 yilning eng yaxshi futbolchilari orasidagi o‘rnimni qayerda ko‘raman? Ijobiy fikrlash kerak, shu bois, erishgan natijalarimni inobatga olib, o‘zimni eng yaxshi deb hisoblayman”, — dedi u.
“Yetakchi sportchilar o‘z sport turiga ta’sir o‘tkazadi, men ham futbolga katta ta’sir o‘tkazdim deb hisoblayman. Qanchalik katta ekanligini ayta olmayman, lekin boshqalardan tezroq yugura, balandroq sakray olsang, ko‘p vaqt kuchli va chaqqon bo‘lib qola olsang, iste’dodingni maksimal tarzda yuzaga chiqarishing mumkin bo‘ladi. Men eng yuqori darajaga chiqish uchun tirishqoqlik bilan ishladim va shu ruhda davom etaman. Har bir alohida mashg‘ulot va har bir uchrashuvga mana shunday kayfiyat va munosabat bilan yondashaman”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)