Hozirda AQSh Federal qidiruv byurosi tergovchilarining e’tibori Klinton maxfiy jo‘natmalarining asosliligini tekshirishga qaratilgan. Bu haqda Wall Street Journal gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Amerika diplomatlarining Pokistonda ekstremist deb taxmin etilayotganlarga zarba berish uchun uchuvchisiz uchar qurilmalarni qo‘llashga aloqador qonuniy vakolatlariga doir maxfiy yozishmalari Hillari Klinton AQSh Davlat departamentini boshqargan paytda (2009—2013) uning shaxsiy elektron pochta qutisiga yuborilgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, 2011—2012-yillarda diplomatlar “Markaziy razvedka boshqarmasi” va “dron” so‘zlarini ishlatmasdan, fikrlarini ehtiyotkorlik bilan ifodalagan.
Yozishmalar Klintonning shaxsiy elektron pochtasiga yuborilgan va Nyu-Yorkning chekka qismidagi uyida himoya qilinmagan serverda saqlangan.
Izoh (0)