Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriya aholi punktlarining jangarilar tomonidan minomyotdan o‘qqa tutilishi oqibatida 23 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 50 ga yaqini yaralandi. Bu haqda, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Al Jazeera

Foto: Al Jazeera

“Terrorchilar nafaqat hukumat qo‘shinlari, balki turar-joylarni ham nishonga olmoqda. O‘qqa tutish oqibatida 23 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi, 47 nafari yaralandi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi saytiga joylashtirilgan ma’lumotda.

Unda aniqlik kiritilishicha, Aleppo viloyatida Karasi, Xandrat, Al-Xamra, Ansor, Brayj-ar-Rix aholi punktlari, shuningdek, Shayx Maqsud, Maydon, Al-Muhofaza, Az-Zagra, Makanis-ad-Duvayri tumanlari hamda Aleppo shahridagi An-Nayrab aeroporti baravar o‘t ochish raketa tizimi va minomyotdan o‘qqa tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)