Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh harbiy-dengiz kuchlari Varshavada 8—9-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammit arafasida O‘rtayer dengiziga “Garri Trumen” va “Duayt Eyzenxauer” avianosetslarini kiritadi, chunki Vashington Rossiyaning harbiy faolligini muvozanatga keltirish va IShIDga qarshi kurashni tezlashtirishga intilmoqda, deb yozadi “RBK”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Amerika flotidagi mansabdor shaxslar aytishicha, “Garri Trumen” Fors ko‘rfaziga ketayotgan “Duayt Eyzenxauer”ga navbatchilikni topshiradi, u o‘z navbatida, birinchi kemaga sakkiz oylik safardan so‘ng AQShga qaytish imkonini beradi.

Reuters’ning Pentagondagi manbalari AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ushbu qadami NATOning Sharqiy Yevropa va Turkiyadagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganini aytdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi