KXDR hukumati yadro zaryadini yaratish uchun plutoniy ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreya plutoniy yoqilg‘isini ishlab chiqarishni yana yo‘lga qo‘ydi va bu qarori bilan xalqaro sanksiyalarga qaramasdan, yadro qurolini yaratish dasturini amalga oshirishni rejalashtirayotganligini ko‘rsatdi”, — deydi Reuters agentligining AQSh Davlat departamentidagi manbasi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Vashington Pxenyanning plutoniyni qayta ishlash bo‘yicha yangi harakatlaridan tashvishlanmoqda. “Shimoliy Koreyada yuz berayotgan voqealar xavotirlanish uchun asos bo‘lmoqda. Ular Yonbendagi yadro kompleksidan 5 MVT quvvatga ega reaktordan ishlangan yoqilg‘ini olib, uni qayta ishlovchi qurilmaga yubormoqda. Qurilmadan ular avval ham o‘zining yadro sinovlari uchun plutoniyni qo‘lga kiritgan edi. Ular bu jarayonni yana yo‘lga qo‘ydi”, — deb ta’kidlaydi agentlik manbasi.
Izoh (0)