AQShda davom etayotgan futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2016 musobaqasida chorak finalning birinchi ishtirokchisi aniqlandi. “A” guruhining 2-turida Paragvayni taslim qilgan Kolumbiya terma jamoasi muddatidan avval 1-o‘rinni o‘zi uchun kafolatlab qo‘ydi.
Paragvayga qarshi bellashuvning birinchi bo‘limidayoq kolumbiyaliklar ikki bor muvaffaqiyat qozondi. 2-daqiqada Karlos Bakka hisobni ochib bergan bo‘lsa, 30-daqiqada Xames Rodriges o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Qayd etish kerak, mezbon AQSh terma jamoasiga qarshi ochilish o‘yinida ham “Real” a’zosi Xames Rodriges gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Uchrashuvning 71-daqiqasiga kelib Viktor Ayyala hisobni 1 taga qisqartirishga erishdi. Biroq bu gol amalda Paragvayni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Qo‘shimchasiga 81-daqiqada Oskar Romero maydondan chetlatilib, paragvaylik futbolchilarni qiyin ahvolda qoldirdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda AQSh Kosta-Rikaga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. 9-daqiqada Klint Dempsi penaltidan hisobni ochib bergan bo‘lsa, keyinroq Jeyrmeyn Jons, Bobbi Vud, Grem Zusi kabi futbolchilar ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.
Guruhdagi 3-tur bellashuvlari 12-iyun tonggida bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida AQSh va Paragvay terma jamoalari o‘zaro hisob-kitob qilsa, guruh peshqadamligini muddatidan avval qo‘lga kiritgan Kolumbiya Kosta-Rikani imtixon qiladi.
Kopa Amerika—2016 “A” guruhi. 2-tur 8-iyun, chorshanba
Kolumbiya — Paragvay 2:1
Gollar: Karlos Bakka, 12 (1:0). Xames Rodriges, 30 (2:0). Viktor Ayyala, 71 (2:1).Chetlatish: Oskar Romero, 81 (P).AQSh — Kosta-Rika 4:0
Gollar: Klint Dempsi, 9-pen (1:0). Jeyrmeyn Jons, 37 (2:0). Bobbi Vud, 42 (3:0). Grem Zusi, 87 (4:0).O‘ | Jamoa | O‘ | G‘ | D | M | T/N | O |
1 | Kolumbiya | 2 | 2 | 2 | 0 | 4:2 | 6 |
2 | AQSh | 2 | 1 | 0 | 1 | 5:2 | 3 |
3 | Paragvay | 2 | 0 | 1 | 1 | 1:2 | 1 |
4 | Kosta-Rika | 2 | 0 | 1 | 1 | 0:4 | 1 |
Izoh (0)