2017-yil dekabrida inson boshini ko‘chirish bo‘yicha dunyoda birinchi operatsiyani o‘tkazishni rejalashtirayotgan italiyalik jarroh Serjio Kanavero amaliyot Germaniyada bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kanavero rossiyalik dasturchi Valeriy Spiridonovning boshini ko‘chirish operatsiyasini o‘tkazadi. Hozircha jarrohlik amaliyoti o‘tadigan klinika aniq belgilanmadi.
Ilgariroq Kanavero maymunning boshini ko‘chirganini aytgan edi. Ammo u so‘zlarini ilmiy jurnallardagi maqolalari bilan tasdiqlamadi.
Izoh (0)