Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis va Gollivud aktyori Uill Smit bokschi Muhammad Alining dafn marosimida qatnashadi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ular bokschining qarindoshlari bilan baravar uning tobutini ko‘tarib boradi.

Foto: EPA

Foto: EPA

The Guardian xabar topishicha, 2010-yilda Ali o‘z dafn marosimi rejasini tuzib qo‘ygan. Motam marosimining ssenariysini u taxminan 5 santimetr qalinlikdagi “Kitob”ga yozib qo‘ygan.

Uning istagiga ko‘ra, janoza stadionda bo‘lib o‘tishi kerak, u yerga bokschi bilan vidolashish uchun har kim kelishi mumkin. Tobut esa Ali sharafiga nomlangan ko‘chadan, shuningdek, sportchi nomidagi muzey yonidan olib o‘tilishi kerak.

Bundan tashqari, bokschi uning jasadi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan mahalladan ham olib o‘tilishini vasiyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Ali 3-iyun kuni 74 yoshida AQShning Arizona shtati Finiks shahridagi kasalxonalardan birida vafot etdi. Bokschining dafn marosimi 10-iyun, juma kuni Kentukki shtati Luisvill shahrida o‘tkaziladi. Marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Amerika sobiq prezidenti Bill Klinton, shuningdek, aktyor Billi Kristal qatnashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi