May oyi davomida Afg‘onistonda hukumatga qarshi guruhlarning hujumlari soni qisqartirildi, ekstremistlarning 90 nafar komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda, Tolo News telekanali tahlilchilarining bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
7-iyun, shanba kuni e’lon qilingan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, radikal guruhlarning hujumlari soni hisobot davrida 12 foizga qisqardi, o‘z navbatida, hukumat sturkturalarining operatsiyalari miqdori 35 foizga oshdi.
Kuch tuzilmalarining qo‘shma xatti-harakatlari natijasida ko‘rsatilgan hududlarda “Tolibon” harakatining 65 nafar mahalliy dala komandirlari, 25 nafar taniqli va muhim komandirlari, to‘rt “soyadagi” noib va ularning uch o‘rinbosari yo‘q qilindi.
Shu bilan birga, tinch aholi orasidagi yo‘qotishlar miqdori 55 foizga ortdi.
Izoh (0)