5-iyun kuni Qarshi shahrida bir muddat rekonstruksiyadan o‘tkazilgan Amir Temur ko‘prigi va uning atrofida barpo etilgan xiyobon foydalanishga topshirildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Amir Temur tomonidan barpo etilgan ko‘prik mustaqillikning 25 yilligi arafasida tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Qashqadaryo daryosi sohili bo‘ylab kemalar to‘xtaydigan to‘rtta joy qurilib, yoritish ustunlari o‘rnatildi. Bu yerga katamaran, turistik kater va attraksionlar keltirildi.
700 yillik tarixga ega ko‘prik qadimda Qashqadaryoning ikki qirg‘og‘ini bog‘lagan.
Izoh (0)