Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nigeriya hukumati bir yil ichida davlat xazinasiga avvalroq o‘g‘irlangan 9,1 milliard dollarlik pul mablag‘lari va aktivlarni qaytardi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda saylangan Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxari korrupsiyaga qarshi kurash boshlab, neft sektoridan o‘g‘irlangan pul mablag‘ini qaytarishga va’da bergan edi.

“2015-yilning 29-mayidan joriy yilning 25-mayigacha mamlakatga qaytarishga muvaffaq bo‘lingan naqd pul va aktivlar summasi 9,1 milliard dollarni tashkil qildi”, — dedi Nigeriya axborot vaziri Laya Muhammad.

Vazirning maxsus maslahatchisi Segan Adeyemi ushbu pul mablag‘larining barchasi jismoniy shaxslardan musodara qilinganini aytdi. “Qaytarilgan mablag‘lar avvalgi hukumat amaldorlarining shaxsiy hisoblarida bo‘lgan, davlat xizmatidan ketgach esa mansabdorlar egalik qiladigan pul mablag‘lari haqidagi axborot fosh etilmagan”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)