Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IShID jangarilari Iroqning Mosul shahrida 19 nafar kurd qizini qatl qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: Al Jazeera

Foto: Al Jazeera

Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi mediamarkazining mahalliy faollardan biri — Abdulla al-Mallaga tayanib bildirishicha, 2-iyun kuni IShID jangarilari Mosulning markaziy maydonlaridan birida temir qafaslar o‘rnatib, ularning ichidagi 19 nafar qizni yuzlab odamlar ko‘z o‘ngida yoqib yuborgan.

Aytilishicha, qizlar jangarilarning joriyalariga aylanishga qarshi chiqqanlari bois shu tariqa jazolangan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)