Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hyperloop o‘ta tezyurar poyezdi 2021-yildan yo‘lovchilar tashishni boshlashi mumkin. Bu haqda Hyperloop One (loyihani ishlab chiqqan kompaniya) vitse-prezidenti Knut Zauer Startup Village konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “Hyperloop-one.com”

Foto: “Hyperloop-one.com”

“Shu yilning oxiriga qadar barcha tizimni sinovdan o‘tkazamiz va u loyihamizga muvofiq ishlashini isbotlaymiz. 2017—2018-yillarda bizda yo‘lovchilarni tashish uchun real imkoniyat bo‘ladi, 2021-yilda esa ilk bor yo‘lovchilar tashiladi va birinchi chiptalar sotiladi”, — dedi Zauer.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda sinov qurilmasi, levitatsiya tizimi va tunnelda past bosimni yaratish tizimi ishlab chiqilgan. Keyingi olti oy davomida esa uch milya (besh kilometrga yaqin) sinov yo‘li barpo etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan
Mahalliy
“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Sport
JCH—2022 da chorak finalning uchta juftligi ma’lum bo‘ldi