Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Alisher Usmonovning media-biznes bo‘yicha sherigi Ivan Tavrin “Metalloinvest” kompaniyasi direktorlar kengashiga kirdi. Kengashni 2014-yildan beri uning tarkibidan o‘rin olib kelgan Sergey Soldatenkov tark etdi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Alisher Usmonov va Ivan Tavrin.

Alisher Usmonov va Ivan Tavrin.
Foto: “RIA Novosti”

Ayni paytda “Metalloinvest” direktorlar kengashi quyidagicha ko‘rinish olgan: Ivan Streshinskiy (rais), Galina Aglyamova, Valeriy Kazikayev, Nikolay Krilov, Irina Lupicheva, Ivan Tavrin, Natalya Chumachenko, Andrey Varichev va Dmitriy Tarasov.

Ma’lumot uchun, “Metalloinvest” Lebedinskiy va Mixaylovskiy tog‘-boyitish, “Uralskaya stal” va Oskol elektrometallurgiya kombinatlarini o‘z ichiga olgan. Kompaniya to‘lig‘icha asosiy aksiyadori Alisher Usmonov bo‘lgan (48%) USM Holdings’ga tegishli. Vladimir Skoch (30%) va Farhod Moshiriy (10%) xoldingning boshqa egalari hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg