Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o‘g‘lining shartnomalarni o‘qimay, ularga imzo chekishini tasdiqladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“O‘g‘limning hayotini yengillashtirmoqchi edim. Men hujjatlar bilan shug‘ullanaman, u esa faqat futbol haqida o‘ylaydi. Lionel tashkil etilgan hech qanday kompaniyalar va shartnomalar haqida bilmaydi. U kelishuvlarni o‘qimasdan, shunchaki imzo chekardi”, – dedi Xorxe Messi.
Argentinalik sportchi va uning otasi 2007–2009-yillarda 4,1 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Lionel Messi sudda moliyaviy firibgarliklar haqida hech narsa bilmasligini va faqat futbol o‘ynashga e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi. Futbolchi, shuningdek, otasi Xorxe Messiga ishonganini va soliq masalasini u bilan muhokama qilmaganini aytib o‘tgan.
Izoh (0)