Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida jangarilarning chegara qo‘shinlari kolonnasiga uyushtirgan hujumi oqibatida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. “TASS”ning Business Standard nashriga asoslanib ma’lum qilishicha, yana 11 kishi, shu jumladan, uch tinch fuqaro jarohat oldi.
Jammu shahridan Srinagarga ketayotgan kolonna Bijbixara shahri yaqinida hujumga uchradi. Harbiylar va jangarilar o‘rtasidagi otishmada yaralanganlar shifoxonaga yetkazildi.
Hozircha biror terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)