O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Fransiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” tennis turnirining uchinchi davrasiga chiqdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, turnirda sakkizinchi raqam ostida saralangan 17 yoshli o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada isroillik Ishay Oliyelga qarshi kortga chiqib, 6:7, 6:2, 6:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi. Uchinchi davrada u kanadalik Feliks Oger-Aliassimega qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ilk davrada Jo‘rabek Karimov italiyalik Liam Karuanani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik tennischi – Humoyun Sultonov birinchi davrada fransiyalik Korentin Mutega 5:7, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.