Yaponiyaning Toyota Motor avtomobil korporatsiyasi tormoz tizimlari uchun detallar bilan ta’minlovchi korxonada yuz bergan portlash tufayli, Yaponiyadagi to‘rtta zavodda mashina yig‘ishni to‘xtatdi, deb yozadi “TASS”.
1-iyun kuni ishlab chiqarish yana 9 ta zavoddagi 14 ta yig‘uv liniyalarida to‘xtatiladi. Bunday choralar kamida 2-iyunga qadar kuchda bo‘lib turadi.
Aisin Seiki kompaniyasi zavodining detallar bo‘yab bo‘linganidan so‘ng quritiladigan sexida 30-may, dushanba kuni portlash sodir bo‘lgan, natijada to‘rt kishi jabrlangan edi. Korxona nafaqat Toyota, balki Nissan Motor uchun ham tormoz tizimlarini ishlab chiqaradi.
Izoh (0)