Vladivostok meri Igor Pushkaryov qo‘lga olindi va soqchilar ko‘rigi ostida Moskvaga jo‘natildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” hududdagi huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib.
Agentlik suhbatdoshi aytishicha, Pushkaryov 1-iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi qo‘lga olingan va zudlik bilan samolyot orqali Moskvaga yetkazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u hibsda saqlanmoqda. Ammo ushbu ma’lumot rasman tasdiqlangani yo‘q. Ma’muriyat vakili bu xabarni rad etmoqda. “Mer o‘z o‘rnida. Shahar ma’muriyati odatiy rejimda ishlamoqda”, — dedi u.
Avvalroq Federal xavfsizlik xizmati xodimlari 1-iyun kuni ertalab Vladivostok ma’muriyatida tintuv o‘tkazgani xabar berilgan edi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, tintuvlar Pushkaryovning ishxonasi va uyida, shuningdek, qator korxonalarda olib borilgan. “TASS” manbalari ma’lum qilishicha, shahar meri xizmat vakolatlari doirasidan chiqqanlikda gumonlanayotgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)