Iordaniyaning yangi bosh vazir Xani al-Malkiy boshchiligidagi yangi hukumati qasamyodga keltirildi. Bu haqda, qirollik televideniyesiga ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
May oyining oxirgi kunlarida Iordaniya qiroli Abdulla II parlamentni tarqatib yuborib, sobiq tashqi ishlar vaziri al-Malkiyga yangi hukumat shakllantirishni topshirgan edi. O‘sha kuniyoq qirol eski hukumat rahbari — 77 yoshli bosh vazir Abdulla an-Nussurning iste’fo haqidagi so‘rovini qoniqtirgandi.
Al-Malkiy shakllantirgan vazirlar mahkamasining asosiy vazifasi parlament saylovlariga tayyorgarlik bo‘ladi. Saylov avgustning oxirida yoki sentabrning boshida o‘tkaziladi.
Izoh (0)