Noma’lum shaxslar Fransiyaning Mavrikiydagi elchixonasini o‘qqa tutdi va devorlarda IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlab yozuv qoldirdi, deb yozadi “TASS” orol politsiya komissariga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi Avliyo Georg mehmonxonasiga qarata ham o‘t ochilgan. Erta tongda chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiya mehmonxona va Fransiya elchixonasi derazalarida o‘q izlarini aniqlagan. Hech kim jabr ko‘rmagan.
Hind okeanida joylashgan orolning strategik obyektlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)