Kurdlarning harbiylashgan “peshmerg” otryadlari o‘tgan ikki kun ichida Iroq shimolida IShID terrorchilik guruhining kamida 140 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “peshmerg” qo‘mondonligi vakiliga tayanib “TASS” xabar berdi.
Uning aniqlik kiritishicha, shu vaqt ichida kurd otryadlari “avvalroq IShID nazorati ostida bo‘lgan 130 kvadrat km hududni radikallardan tozaladi”.
“Peshmerg” qo‘mondonligi vakili kurdlarning jangovar operatsiyasi Mosul shahridan shimoli-sharqdagi Al-Hazar hududida bo‘lib o‘tganini aytdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)