Buyuk Britaniyada yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Oqibatda ikki kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Avariya 30-may, dushanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 17:00 da mamlakat g‘arbidagi Shropshir grafligida yuz berdi.Samolyot dalaga qulab tushgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, fojia oqibatida uchuvchi va yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Avariya sabablari haqida hozircha ma’lum qilinmadi. Halokat qanday yuz berganligini Aviatsiya hodisalarini surishtirish bo‘limi (Air Acidents Investigation Branch) o‘rganmoqda.
Izoh (0)