Toshkentda Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy “Musiqa jangovar safda” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tanlovda professional san’atkorlar bilan birga havaskor ijodkorlar ham ishtirok etdi. Unda vatanparvarlik, ajdodlar an’analariga sadoqat, mardlik va jasorat tuyg‘ulari kuylangan, jangovar ruhni oshiradigan, milliy armiya kuch-qudratini ifodalaydigan marshlar ijro etildi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar safda harbiy yurish kompozitsiyalarini namoyish etdi.
Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti birinchi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti ikkinchi, Qarshi garnizoni ofitserlar uyi uchinchi o‘ringa munosib topildi.
Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)