Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Texas shtatida jala natijasida kelib chiqqan suv toshqini shtat hukumatini ikkita qamoqxona mahbuslarini evakuatsiya qilib, ularni boshqa jazo o‘tash muassasalariga ko‘chirishga majbur qildi, deb yozadi “TASS” shtat Jinoiy adolat boshqarmasiga tayanib. Mahbuslar 29-may kuni avtobuslarda kameralarida bo‘sh joy bo‘lgan bir nechta turmalarga olib borildi.

Foto: “Mynewsonline24.ru”

Foto: “Mynewsonline24.ru”

Ma’lumotlarga ko‘ra, deltasida Terell va Springfellou qamoqxonalari joylashgan Brazos daryosi o‘z qirg‘oqlaridan toshib ketgan. Toshqin yuz bergan taqdirda yuzaga keladigan vaziyat oldini olish maqsadida, ma’muriyat shoshilinch evakuatsiya o‘tkazish haqida buyruq berdi. Mahbuslar vaqtinchalik joylashtirilgan jazo o‘tash muassasalariga qo‘shimcha ichimlik suvi va oziq-ovqat zaxirasi yuborildi.

Avvalroq Texasda suv toshqini qurbonlari soni to‘rt kishiga yetgani xabar berilgan edi, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova