Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi AQShga yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish istiqbollarini o‘rganmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
“Rosatom” tarkibidagi “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi direktori o‘rinbosari Oleg Grigoryevning “Atomekspo 2016” forumi doirasidagi brifingda ta’kidlashicha, atom energiyasi bo‘yicha Rossiya davlat korporatsiyasi AQSh yadroviy yoqilg‘i bozorining 10 foizlik ulushiga egalik qilishdan umidvor.
Ilgariroq World Nuclear News portali Vashington va Moskva Rossiyaning TVS-K tipidagi yadroviy yoqilg‘isini AQSh atom stansiyalari bozoriga chiqarish uchun strategik alyans tuzishi mumkinligini xabar qilgan edi. Buning uchun loyihani AQSh yadroviy nazorat komissiyasi ma’qullashi talab etiladi.
“TASS”ga ma’lum bo‘lishicha, bu axborot haqiqatga yaqin bo‘lib, “TVEL” AQShning Global Nuclear Fuel Americas kompaniyasi bilan hamkorlikda TVS-K tipidagi yoqilg‘i yig‘malarini ishlab chiqarish va litsenziyalash bilan shug‘ullanadi. Yig‘malar Shimoliy Karolina shtatining Uilmington shahridagi zavodda ishlab chiqariladi.
Ilk namunaviy mahsulotlar 2018-yilda AQSh reaktorlariga quyiladi.
Izoh (0)