Joriy yil davomida Qozog‘iston suv havzalarida 20 dan ortiq bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Olmaotada Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan brifingda IIV favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasining rasmiy vakili Ruslan Imanqulov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kazakhstan Today.
Imanqulovning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan shanba, 28-may kuni Olmaota viloyatida ikki baxtsiz hodisa yuz bergan. Ikki nafar bola o‘z uylari hovlisidagi suv havzasiga tushib, cho‘kib ketgan.
Boshqarma vakilining fikricha, bu hodisalar ota-onalarning beparvoligidan dalolat beradi.
U respublikada har yili suv havzalarida yuzga yaqin bola halok bo‘lishini ma’lum qildi. Bunday hodisalarning asosiy sababi bolalarni qarovsiz qoldirishdir.
Izoh (0)