Gretsiyaning “Olimpiakos” va Meksika milliy terma jamoasi hujumchisi Alan Pulido uni o‘g‘irlab ketgan kishilar qo‘lidan qutqarib olindi. Bu haqda TASS Associated Press’ga asoslanib xabar berdi.
25 yoshli futbolchi Syudad-Viktoriya shahridagi dam olishi chog‘ida qiz do‘sti bilan kechalardan biriga tashrif buyurgan. Kechadan qaytishi chog‘ida esa uni o‘g‘irlab ketishgandi. O‘g‘rilar Pulidoning mashinasini to‘sib qo‘yishgan, futbolchi undan tushishi bilan esa ishni amalga oshirgandi.
Tamaulipas shahri politsiyasi bayonotiga ko‘ra, Alan Pulidoni qutqarish operatsiyasi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Ayni vaqtda hujumchi shifoxonada, vrachlar nazorati ostida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, 2014-yilgi jahon chempionatida Meksika terma jamoasi sharafini himoya qilgan Alan Pulido, 2015-yildan buyon Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi sharafini himoya qiladi.
Izoh (0)