Zimbabvening kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Bulavayo shahrida 28-may, shanba kuni amaldagi prezident Robert Mugabega qarshi ko‘p ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. AFP agentligining ma’lum qilishicha, namoyishchilar Demokratik o‘zgarishlar uchun harakat muxolifatchilari undovi bilan to‘plangan, deb xabar beradi “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, namoyish noxush hodisalarsiz, tinch shaklda bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar shaharning markaziy ko‘chalaridan “Mugabe, sen juda keksayib qolding, iste’foga chiq”, “Mugabe saylov natijalarini uyushtirishi mumkin, biroq mamlakatda iqtisodiy o‘zgarishlarni barpo eta olmaydi” kabi shiorlar bilan yurib o‘tgan.
“Namoyishlar Mugabe o‘z lavozimini tark etguniga qadar davom etadi”, — degan Demokratik o‘zgarishlar uchun harakat yetakchilaridan biri Tokozani Kupe.
Izoh (0)