Iroq qo‘shinlari Anbar viloyati markazi — Ramadidan 70 kilometr narida joylashgan Xit shahriga uyushtirilgan hujum paytida IShID terrorchi guruhining kamida 60 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda, mintaqadagi harbiy operatsiya qo‘mondonligi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Al Jazeera’ning ma’lum qilishicha, jangarilar shahar chetidagi bir qancha mahallalarni egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. To‘qnashuvlarda xavfsizlik xizmatlarining 15 xodimi halok bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)