Suriyaning Xoms viloyatida joylashgan Palmira shahri atrofida hukumat qo‘shinlari IShIDga qarshi janglar olib bormoqda. Bu haqda, Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya dushman taraflarni yaratish markazi chop etgan byulletenda ta’kidlanishicha, hukumat qo‘shinlari jangarilarni shahar atrofidagi marralaridan siqib chiqara boshlagan.
Palmira 2015-yilning may oyidan buyon IShID nazorati ostida edi. 27-mart kuni Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida jangarilarni shahardan siqib chiqardi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)