Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina sobiq diktatori Reynaldo Binyone 1970—1980-yillarda Janubiy Amerikada muxolifatchilarga hujumlarni muvofiqlashtirgan “Kondor” operatsiyasidagi ishtiroki uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi “RBK”. Bunday qarorni Argentina sudi chiqardi.

Foto: “Nc4.info”

Foto: “Nc4.info”

Binyonedan tashqari, yana 14 kishi turli muddatga — sakkiz yildan 25 yilgacha qamaldi. Yana ikki kishini sud aybsiz deb topdi.

“Kondor” operatsiyasiga Argentina, Chili, Urugvay, Paragvay, Braziliya va Boliviya diktaturalari jalb qilingan edi. Ushbu mamlakatlar maxsus xizmatlari muxolifatchilarni ta’qib qilgan va o‘ldirgan. Operatsiya Chili maxfiy politsiyasining Santyagodagi bosh qarorgohida joylashgan axborot markazidan muvofiqlashtirilgan.

Binyone ayni paytda boshqa bir ish bo‘yicha qamoq muddatini o‘tamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?