Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-Yorkdagi Gudzon ko‘liga kichik samolyot qulab tushdi, deya xabar bermoqda “RBK” politsiya rasmiy vakiliga tayanib.

Foto: Nyu-York politsiyasi

Foto: Nyu-York politsiyasi

Samolyot Gudzon sohilida joylashgan “Intrepid” Dengiz, havo va koinot muzeyi eksponati — Intrepid avianosetsi yaqiniga tushgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan.

Sohilni qo‘riqlov xizmati samolyot bortida faqat bir kishi bo‘lganligini taxmin qilmoqda. Havo kemasi uchuvchisi jiddiy bo‘lmagan jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ammo ba’zi manbalarga ko‘ra, uni qidirish ishlari hali davom etmoqda.

Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qulagan samolyot Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli Republic P-47 Thunderbolt qiruvchi-bombardimonchi samolyotidir. Shunday samolyotlardan uchtasi Repablik aeroportidan uchib chiqqan, ulardan ikkitasi eson-omon qaytib, qo‘ngan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova