Bangladesh g‘arbida katta tezlikda harakatlanayotgan avtobus ko‘prikdan qulab ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda, “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, yo‘lovchi avtobusi yo‘l chetidagi ariqqa qulab tushgan. Besh kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 35 nafar odam jabrlangan. To‘rt kishi olgan shikastlanishlari tufayli keyinroq halok bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)