• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    WP Kim Chen Inning 18 yildan buyon Nyu-Yorkda yashab kelayotgan xolasi haqida gapirib berdi

    Ko Yon Sok ismli 60 yoshli asli Shimoliy Koreyadan bo‘lgan ayol 1998-yildan buyon eri Ri Kan bilan birgalikda Nyu-Yorkda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi guvohlarni himoya qilish dasturi asosida boshqa ismlar ostida yashab kelmoqda. Bu haqda, The Washington Post gazetasida chop etilgan materialga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

    Ko Yon Sok va Ri Kan. Foto: The Washington Post

    Ko Yon Sok va Ri Kan. Foto: The Washington Post

    Keksa koreyaliklar juftligi bilan gazetaning Tokiodagi idorasi boshlig‘i Anna Fayfild 2015-yil oxirida tanishgan edi. Ular Janubiy Koreyaning uch mansabdorini sudga berib, o‘z shaxsini oshkor qilib qo‘ygandi. Mansabdorlar televideniye orqali chiqish qilib, KXDRni tanqid ostiga olgan, shuningdek, Ko Yon Sok va uning eri — sobiq diplomatni tilga olgan edi.

    Fayfild ularning advokati bilan bog‘lanib, u orqali juftlik bilan tanishdi. Jurnalist er-xotin boshqaradigan kimyoviy tozalash muassasida va ularning uyida bo‘lib, televizor orqali ayolning jiyani — Kim Chen In nazorati ostida suv osti kemasidan raketa uchirilishi haqidagi lavhani tomosha qildi.

    1975-yilda Kim Chen Ir uchinchi marta uylanganida Ko Yon Sokning o‘gay opasi KXDR yetakchisining yangi turmush o‘rtog‘iga aylandi. U 1998-yilda ko‘krak saratonidan davolanish uchun AQShga ko‘chib o‘tdi.

    Ko AQShga ko‘chib kelish sabablarini insonparvarlik motivlari bilan tushuntirishga urindi, ammo OAV u Kim Chen Inning ota-onasi vafot etganidan so‘ng kelajagi shubha ostida qolishidan qo‘rqqanini bot-bot takrorladi. 2015-yilda CNN telekanali KXDR yetakchisi ammasi Kim Gyon Xini unga nisbatan tanqidlari bois zaharlagani haqida xabar tarqatdi. 2013-yilda Kim Chen In amakisi Chan Son Txayekni, u ortiq darajada qudratli bo‘lib ketdi, degan sabab bilan qatlga hukm qildi.

    Nima bo‘lganda ham, Ko xonim shu kabi ko‘ngilsizliklardan uzoqroq yurish niyatidaligini tasdiqladi. 1998-yilda u eri bilan taksida AQShning Berndagi elchixonasiga borib, siyosiy boshpana so‘radi. Ular AQShning Frankfurt yaqinidagi harbiy bazasiga yetkazilib, bir necha oy davomida so‘roq qilindi. Juftlik AQShga yetib borganidan so‘ng MRB vakillari KXDRga bu haqda xabar berdi.

    Ko xonim shu paytga qadar ingliz tilini mukammal o‘rganmadi. AQShga kelganidan so‘ng uning bilim va qobiliyati faqatgina kimyoviy tozalash xizmatida ishga joylashishga yetdi. Vaqt o‘tishi bilan u o‘z xizmatini ochdi va ikki farzandini o‘qitdi. Lekin uning oilasi Shimoliy Koreyadagidek boy yashaydi, deb bo‘lmaydi.

    Kim Chen Inning tug‘ilgan yili borasida ixtilofli fikrlar mavjudligi sir emas. Ko xonimning ta’kidlashicha esa, KXDR yetakchisi aniq 1984-yilda tug‘ilgan: u Koning o‘g‘li bilan tengdosh bo‘lgani uchun bu ayolning esida qolib ketgan.

    “U bolalagida o‘g‘lim bilan do‘st edi. Men ikkisining tagliklarini almashtirardim”, — eslaydi ayol.

    1992-yilda Ko Kim Chen Irning o‘g‘li Kim Chon Chxol bilan Shveysariyaning Bern shahriga ko‘chib keldi. 1996-yilda 12 yoshli Kim Chen In ularga qo‘shildi. U 15 yoshli Chxol va boshqa bolalar bilan Lego o‘ynar, Ko esa ularga g‘amxo‘rlik qilardi.

    Ko xonimning eslashicha, Kim Chen Inning fe’l-atvori, uning samolyotlar va kemalarga bo‘lgan qiziqishi bolaligidanoq ko‘zga tashlana boshlagan edi.

    “U qiyin bola emasdi, lekin jahli tez va toqatsiz edi. Onasi uni o‘qishga kam e’tibor bergani uchun tergasa, u janjallashmas, lekin boshqa yo‘l bilan e’tirozini bildirar, masalan, ochlik e’lon qilardi”, — eslaydi ayol.

    Kim Chen In yoz oylarida KXDRda bo‘lib, bo‘sh vaqtida basketbol o‘ynardi; sekin-asta u basketbol shaydosiga aylanib qoldi. Jumladan, yosh Kim Chen In Maykl Jordanga muxlislik qilar, basketbol to‘pini quchoqlab uxlar edi. 2014-yilda Milliy basketbol uyushmasi yulduzi Dennis Rodman Kim Chen In huzuriga kelib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan va Happy Birtday qo‘shig‘ini kuylab bergan edi. OAVda ko‘p bora yozilganidek, Rodman KXDR yetakchisiga ta’zim qilib, u bilan abadiy do‘st bo‘lib qolishni va’da qilgandi.

    Rasman Kim Chen In 2010-yilda mamlakat rahbari deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, yetakchilik sari yo‘lni u 1992-yildan boshlagandi. O‘shanda sakkiz yoshli bolakayning tug‘ilgan kuniga generallik formasi sovg‘a qilingan, haqiqiy generallar esa unga ta’zim qilgan edi.

    “Odamlarning bunday muomalasidan so‘ng, tabiiyki, u normal inson bo‘lib ulg‘ayishi mumkin emasdi”, — deb hisoblaydi Ko xonim.

    Vaqti-vaqti bilan MRB tezkor xodimlari Ko Yon Sok va uning turmush o‘rtog‘iga murojaat qilib, turli fotosuratlardagi odamlarning kimligini aniqlab berishni so‘raydi.

    Ta’kidlanishicha, Ko va Ri Kim Chen Inni oshkora tanqid ostiga olmaydi, aksincha, ular nihoyatda ehtiyotkor bo‘lib, jiyanlarini “Marshall Kim Chen In” deb ataydi. Ri hatto KXDR rejimini yoqlashini bildirib, Pxenyanga borish uchun ruxsat olishga harakat qilmoqda. Rining fikricha, u KXDR va AQSh o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishi mumkin. Lekin Shimoliy Koreya siyosati bo‘yicha ekspert Aleksandr Mansurov uning maqsadlarini “be’mani” deb hisoblamoqda.

    The Washington Post nashrining bildirishicha, MRB yuqoridagi ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgani bois juftlikning gazeta bilan o‘rtoqlashgan ayrim guvohliklarini tasdiqlash mumkin, ayrimlari esa shubha ostida qolmoqda.

    27.05.2016, 23:59   Izoh (0)   10180
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Obama Xirosimada atom bombardimonidan jabrlangan yaponiyaliklar bilan muloqotda bo‘ldi

    27.05.2016, 17:53

    Putin “Yosh professionallar” chempionati finaliga tashrif buyurib, ko‘rganlarini “fantastika” deb baholadi

    27.05.2016, 17:09

    Barak Obama Xirosimaga kelgan ilk AQSh prezidenti bo‘ldi

    27.05.2016, 15:31

    Britaniyada 800 nafar potensial terrorchi haqidagi ma’lumotlar xatolik tufayli o‘chib ketdi

    27.05.2016, 14:32

    Tokio aeroportidagi “Boing”da chiqqan yong‘in videosi paydo bo‘ldi (video)

    27.05.2016, 13:07

    Kemeron: AQShda prezidentlik saylovlari so‘ngigacha yetib kelgan har qanday kishini tabriklayman

    27.05.2016, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.