Rossiyaning Ingushetiya respublikasida maxsus operatsiya chog‘ida besh nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) axborot markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Malgobek shahrida kompleks maxsus operatsiya va Nazran shahrida aksilterror operatsiya o‘tkazilishi davomida ashaddiy qurolli qarshilik ko‘rsatgan besh nafar jangari yo‘q qilindi, uch nafari qo‘lga olindi”, — deyiladi MAQ axborot markazi xabarida. To‘qnashuvlar joyidan avtomat qurol, granata va to‘pponchalar musodara etilgan.
Tinch aholi va huquq-tartibot xodimlari orasida yo‘qotishlar bo‘lmagan. Hozirda Malgobek va Nazran shahrida zarur tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda, tergov guruhi ishlamoqda. Jangarilar yashiringan binolar, shuningdek, ular foydalangan avtomobil ko‘zdan kechirilmoqda.
Izoh (0)